2000 yili 101-maktabda o’qishni boshladim. Maktabni tugatgandan so’ng, 2009 yili Toshkent aloqa kasb-hunar kollejiga kirdim va 2012 yili uni tugatdim.

Kollejdagi o’qishim tugashiga bir yil qolganda, ishlab qo’shimcha pul topish maqsadida men zo’r berib kelajagi bor ish  qidira boshladim.

Shunday qilib,  2013 yili men o’zimni savdo sohasida sinab ko’rishimga imkon topildi. Menga «Agromir» kompaniyasini tavsiya qildilar. Mehnat stajim PS1 jamoasida stajyor (tajriba muddatini o’tayotgan kishi) sifatida boshlandi. Men uchun stajyorlik (tajriba orttirish uchun belgilangan muddat ) qiziqarli edi. Ochiq va kirishimli kishi bo’lganligim sababli, men hamkasblarim bilan tezda til topishib ketdim va kollektiv bilan do’stlashib oldim. Muvaffaqiyatli o’tgan ikki haftalik stajyorlik va oldimizga qo’yilgan vazifalarni bajargandan keyin  men shuni tushunib yetdimki, men bu kompaniyaga doimiy asosda ishga kiraman. Va meni Agromir kompaniyasining o’sha PS1 savdo jamoasiga merchandayzer lavozimiga ishga qabul qilishdi.

Bu lavozimda ishlar ekanman, men bir vaqtning o’zida DSPM  treningidan (savdo shahobchalarini mahsulot bilan ta’minlash bo’yicha trening, distributsiya, shelving, pressing, merchendayzing ba hokazo) o’tdim. Menga yangi bilimlarni o’zlashtirish yoqib qoldi, har bir narsaga o’rganish men uchun oson edi, chunki yaxshi kollektiv va samimiy muhit menga yangi lavozimga moslashishda yordam berdi, hamma xodimlar, hattoki qo’shni bo’limdagi hamkasblarim ham menga yo’l ko’rsatib turishdi. 6 oy davomida men a’lo natijalar ko’rsatdim, biroq men kompaniyaga yanada ko’proq foyda keltirish va karyera zinapoyalari bo’ylab ko’tarilishni istar edim. Shu vaqtda savdo vakili lavozimiga bo’sh ish o’rni paydo bo’ldi, biroq menda bu lavozimni egallash uchun yetarlicha malaka va tajriba yo’q edi, ammo juda katta xohish va jizzakilik bor edi. Bu lavozim «Xoreka» bo’limida bo’lib, bu bo’limga men tanishish sharafiga muyassar bo’lgan Blednix Yevgeniy rahbarlik qilardi. Xuddi ana shu inson menga savdo vakili lavozimida o’zimni sinab ko’rishga imkon berdi, ammo shunday shart qo’ydi, agar ikki oy davomida reja bajarilmasa, men yana merchendayzer lavozimiga qaytishim kerak. Men hududni qabul qilib oldim, supervayzerdan topshiriq va vazifalarni oldim va birinchi oy rejani bajardim va kompaniyaning eng yaxshi savdo vakillari beshligiga kirdim. Ikkinchi oyda esa savdo vakillari  uchun motibatsiya dasturida yutib olish nasib qildi. Ikki oylik muddat tugagandan so’ng mening natijalarim a’lo darajada bo’ldi va meni savdo vakili lavozimiga tasdiqlashdi. Men har oy o’z oldimga qo’ygan maqsad va vazifalarga erishishga harakat qilardim. Ushbu lavozimda bo’lgan 2,5 yillik davrimda men o’zimni oddiy xodim deb emas, balki kompaniyaning bir qismi deb bildim. Keyin esa savdo vakillari  uchun o’qish boshlandi, bunda bizlar «Tashrifning yetti qadami», «Mijoz bilimi», «Ishonchli savdo hajmi» deb ataluvchi umumiy nom ostidagi  munosabat ko’nikmalari, treninglardan o’tdik, shuningdek bizlar bir vaqtning o’zida Excel bo’yicha kurslarda ham o’qidik. O’qish yakunlari bo’yicha eng yaxshi natijalarga erishgan uch nafar savdo vakili team-lider o’rni uchun kurashdilar. Va meni OSDO jamoasiga team-lider qilib tayinladilar. Uch oydan so’ng tijorat direktori bilan suhbatdan keyin meni supervayzer lavozimiga o’tkazishdi. 

Shunday qilib, hozirgi vaqtda men PS2 jamoasida supervayzer lavozimida muvaffaqiyatli ishlab kelmoqdaman.  “Agromir” kompaniyasi bu na faqat odamlarni ishlash uchun qabul qiladigan odatdagi kompaniya, balki ularning rivojlanishiga ham yordam beradi. Shuningdek, “Agromir” kompaniyasi qiziqarli va foydali treninglardan tashqari turli ko’ngilochar tadbirlar ham o’tkazadi, ya’ni butun kollektiv na faqat yaxshi ishlashni biladi, balki yaxshi dam ham oladi. Bu men faol qatnashadigan tabiat qo’yniga korporativ chiqishlar, yangi yil kechalari, futbol bo’yicha chempionat va boshqa tadbirlar. Futbol chempionatida men jamoa sardori bo’lib saylandim.

Menga mening ishim va mening kollektivim juda yoqadi. Va men Agromirning bir qismi ekanligimdan katta faxr tuyg’usini his etaman!