«AGROMIR» kompaniyasi guruhlari jahonning yirik korporatsiyalarining korporatib boshqaruv prinsiplariga amal qiladi. Kompaniya umumiy manfaatlarini taqdim etish va ularni himoya qilish maqsadida yuridik shaxslar bilan  birlashish strategiyasi, shuningdek o’z faoliyatini koordinatsiyalashni ixtiyoriy ravishda amalga oshirar ekan  jamoatchilik bilan munosabatlarini ma’lumotlar oshkorligi va aniq prinsiplar asosiga quradi. 

Ichki bozorda savdoni amalga oshirish uchun «AGROMIR» kompaniyasi xodimlari hamda mamlakatning yirik distributorlaridan iborat jiddiy struktura ish olib boradi. Bozordagi yetakchilik va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati erishilgan yutuqlar bilan to’xtab qolmaslikni talab qiladi va 2005 yildan boshlab konsentratlar, 2008 yildan esa turli mamlakat bozorlariga sharbatlar eksport qilina boshlandi.

Eksport «AGROMIR»  kompaniyasi savdo markasini xorijda ham tanilishiga imkon yatatdi. Konsentratlarni sifatli xom ashyodan sharbat mahsulotlari ishlab chiqaradigan yirik, mashhur ishlab chiqarish zavodlari sotib ola boshladilar. Tayyor sharbatlarni «AGROMIR»  kompaniyasi bilan ko’p yillar davomida birga ishlayotgan hamkorlar sotib olmoqdalar, shu sababli ham iste’molchilar bizning mahsulotimizni yaxshi biladilar va ko’p turdagi barcha sharbatlar terilgan stellajlar orasidan o’zining lazzatli mazasi bilan ajralib turgan bizning sharbatni tanlaydilar. Marinadlar va konservalangan mahsulotlarimiz ham turli mamlakatlar bozorlarida ko’p talab qilinadi. Ular yuqori sifatli sabzavotlardan va noyob reseptlar asosida tayyorlanganligi sababli o’z turkumidagi mahsulotlar orasida barqaror o’ringa ega.  

Kompaniya mahsulotlarini distributsiya qilish bo’yicha dasturlar mahsulotni faol marketing jihatdan qo’llab-quvvatlash va reklama kompaniyalari hamkorligida olib borilmoqda. Kompaniya mahsulotlari sotilishiga nostandart va innovatsion yondashish yuqori raqobat bozorida muvaffaqiyatga erishish garovidir.